» » O‘zbekistonda mahalliylashtirish doirasida 5 trillion 781 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda mahalliylashtirish doirasida 5 trillion 781 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi


Parlament quyi palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi hamda Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda Iqtisodiyot vazirligining tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish sohasini takomillashtirish bo‘yicha faoliyati natijalari yuzasidan axboroti eshitildi va muhokama qilindi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, joriy yilning to‘qqiz oyi davomida 750 mahalliylashtirish loyihasi bo‘yicha ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, 5 trillion 781 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan va reja 149 foizga bajarilgan.

Mahalliylashtirish dasturi loyihalarini amalga oshirish natijasida sanoat mahsulotlarining 150 dan ortiq yangi turini ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Natijada 351 million dollar hajmidagi mahalliylashtirilgan mahsulotlarning eksporti ta’minlangan. Yana bir muhim jihat, dastur doirasida joriy yilning uch choragi davomida 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etilgan.

Tadbirda ishtirokchilar sohani yanada rivojlantirishga doir fikr-mulohazalar bildirib, normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar berdi. Eshituv yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют