» » Ko‘proq baliq yeyish uchun 12 ta sabab

Ko‘proq baliq yeyish uchun 12 ta sabab


Baliqda ko‘plab foydali moddalar, shuningdek organizm uchun zarur bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotalari mavjud. Ular quyidagi foydali xususiyatlarga ega.

Omega-3 yog‘ kislotalari yallig‘lanish darajasini pasaytiradi va surunkali yurak kasalliklaridan himoya qiladi. Shuningdek baliq iste’mol qilish yurak faoliyatidagi yetishmovchilik va yurakning ishemik kasalliklari rivojlanish xavfini qisqartiradi.

Bu vitamin kalsiyni singdirish va suyaklar salomatligi uchun zarur. Ko‘pchiligimiz uni kerakli miqdorda ololmaymiz, shuning uchun baliqni ratsionga kiritish — bu vitamin yetishmasligi oldini olishning eng yaxshi yo‘li.

Omega-3 yog‘ kislotalari ko‘rish qobiliyatini va ko‘zning umumiy salomatligini yaxshilaydi. Baliq — bunday foydali yog‘larning eng yaxshi manbasi hisoblanadi.

Agar siz uxlay olmasangiz yoki tunda ko‘p uyg‘onsangiz, tez-tez baliq yeyishga harakat qiling. Uning tarkibidagi ko‘p miqdordagi D vitamini uyqu sifatini yaxshilaydi.

Revmatoidli artrit — bu bo‘g‘imlarning surunkali yallig‘lanishi. Ma’lum bo‘lishicha, baliqni tez-tez iste’mol qilish og‘riqni va bu kasallikning namoyon  bo‘lish alomatlarini kamaytiradi.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, baliq tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotalari qondagi lipoproteinlar darajasini pasaytirishga yordam beradi. Bu “yomon” xolesterin ateroskleroz rivojlanishi bilan bog‘langan.

Omega-3 yog‘ kislotalari metabolizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar jarayonida ular tinch holatda ham va jismoniy faollikda ham modda almashinuvini, shuningdek yog‘larning oksidlanishini tezlashtirishi ma’lum bo‘ldi.

Agar sizda qon bosimi baland bo‘lsa, ratsioningizga baliqni kiriting. Tadqiqotlar natijalari baliq yog‘i tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotalari qon bosimini pasaytirishga yordam berishini ko‘rsatdi.

Omega-3 yog‘ kislotalari jigardagi triglitseridlar va yog‘ kislotalarini parchalashga yordam beradi va bu bilan jigarda ortiqcha yog‘ to‘planish xavfini kamaytiradi.

Manba: “Zdorovie.com”

Опубликовано: admin (22-12-2017, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют