» » Irkutsklik erkak onasiga qarzdor bo‘lgan kishini daryodagi muz o‘yig‘ida cho‘ktirib yubordi

Irkutsklik erkak onasiga qarzdor bo‘lgan kishini daryodagi muz o‘yig‘ida cho‘ktirib yubordi


Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi qishloqlardan birida yashovchi kishining yo‘qolishi bilan bog‘liq jinoiy ish tergov qilinmoqda. Bu haqda MK.ru xabar berdi.

Tergov qo‘mitasining xabariga ko‘ra, 17-dekabr kuni yo‘qolgan erkakka 20 yoshli qishloqdoshi hujum qilgan, bir necha marta uning boshiga metall jism bilan urgan, keyin esa Lena daryosidagi avvaldan tayyorlangan muz o‘yig‘iga tashlab yuborgan.

Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, jabrlanuvchiga uch nafar yigit 15 ming rubl qarz sababli hujum qilgan. Bu summani jabrlanuvchining rafiqasi o‘z vaqtida hujum qilganlardan birining onasiga qaytarmagan. Xabar berilishicha, yigitlar o‘ldirilgan erkakning uyiga shu kuni qarzni talab qilib kelgan, biroq erkak ularga qarata miltiqdan o‘t ochgan.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют