» » Rossiyada birinchi bor narkotiklar savdosi uchun umrbod qamoq jazosi belgilandi

Rossiyada birinchi bor narkotiklar savdosi uchun umrbod qamoq jazosi belgilandi


Moskva viloyat sudi Rossiyada birinchi bor narkotiklar savdosi uchun umrbod qamoq jazosini belgiladi. Bu haqda sud matbuot kotibi Natalya Osipova ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Sud Tojikiston fuqarosi Sherali Tabarovga umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Jazo qattiq tartibli koloniyada o‘taladi”, — dedi Osipova.

Mazkur jinoiy ishning boshqa qatnashchilari 6 yildan 25 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. Yana 5 kishi xalqaro qidiruvga berildi.

15 kishidan iborat jinoiy guruhga yetakchilik qilgan Sherali Tabarov Afg‘oniston va Tojikistondan Rossiyaga umumiy hisobda 600 kilogram geroin yetkazib berishda ayblandi.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют