» » O‘zbekistonda Yangi yil arafasida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda Yangi yil arafasida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi


Yangi yil bayrami arafasida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan belgilangan jadvaldan tashqari bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda AJ rasmiy saytida xabar berildi.

Xususan, 24, 26, 28-dekabr kunlari 580-sonli Toshkent—Termiz yo‘nalishida yo‘lga qo‘yiladigan qo‘shimcha poyezd soat 21:00 da Toshkent markaziy vokzalidan harakatlanadi. 25, 27, 29-dekabr kunlari yo‘lga qo‘yiladigan 579-sonli Termiz—Toshkent poyezdi esa soat 15:09 da Termiz vokzalidan Toshkentga jo‘naydi.

Toshkent—Urganch yo‘nalishida yo‘lga qo‘yiladigan qo‘shimcha 556-sonli poyezd 24, 26, 28-dekabr kunlari soat 14:40 da Toshkent markaziy vokzalidan jo‘naydi. 25, 27, 29-dekabr kunlari esa qo‘shimcha 555-sonli Urganch—Toshkent poyezdi soat 10:10 da Urganchdan ortga qaytadi.

Toshkent-Nukus yo‘nalishida yo‘lga qo‘yiladigan qo‘shimcha 554-sonli poezd 24, 26, 28-dekabr kunlari soat 11:00 da Toshkentdan jo‘naydi. 25, 27, 29-dekabr kunlari esa qo‘shimcha 553-sonli Nukus—Toshkent poyezdi soat 08:48 da Nukus vokzalidan Toshkentga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning  28-dekabr kunidan 2018-yil 10-yanvargacha o‘quvchi va talabalar ichki yo‘nalishlarda harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdlari uchun yo‘l chiptalarini 50% chegirma asosida xarid qilishi mumkin.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют