» » Zyuganov prezidentlikka nomzodini qo‘yishdan voz kechdi

Zyuganov prezidentlikka nomzodini qo‘yishdan voz kechdi


Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi yetakchisi Gennadiy Zyuganov “Lenin nomli sovxoz” YoAJ direktori Pavel Grudininni prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surishni taklif qildi. Bu haqda “Exo Moskvi” efirida Davlat dumasi deputati Valeriy Rashkin ma’lum qildi.

“Bu muhokamalarning birinchi bosqichi, Zyuganov Grudininning nomzodini ilgari surdi. Juma kuni muhokama Pavel Nikolayevichning o‘zi bilan davom ettiriladi, so‘ng kotiblar yig‘ilishi, Markaziy qo‘mita plenumi bo‘ladi va shanba kuni qurultoyga chiqamiz”, — deya aniqlik kiritdi u.

Rashkinning ta’kidlashicha, “partiya raisi saylov kampaniyasida albatta qatnashadi”. “Ammo kim sifatida — boshqa masala shunda”, — dedi deputat.

Eslatib o‘tamiz, RFKP Rossiyada 2018-yili bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Gennadiy Zyuganov nomzodini ilgari surishga noyabrda qaror qilgan edi.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют