» » Dunyodagi eng uzun oynavand ko‘prik Xitoyda 24-dekabr kuni ochiladi

Dunyodagi eng uzun oynavand ko‘prik Xitoyda 24-dekabr kuni ochiladi


Dunyodagi eng uzun oynavand ko‘prik Xitoy sharqidagi Xebey provinsiyasida 24-dekabr kuni ochiladi, deb yozadi “TASS”.

Piyodalar uchun mo‘ljallangan shisha ko‘prikning uzunligi 488 metr, kengligi ikki metrni tashkil etadi. U Pinshan uyezdidagi Xunyagu qishlog‘ida ikkita tog‘ cho‘qqisini tutashtiradi. Ko‘prik vodiy uzra 218 metr balandlikda joylashgan. U qalinligi qariyb 4 sm bo‘lgan 1077 ta shisha paneldan qurilgan bo‘lib, ularning umumiy og‘irligi 70 tonnaga yetadi.

Konstruksiya unga taxminan 2 ming kishining og‘irligini ko‘tarish imkonini beradi, ammo operator kompaniya vakillari aytishicha, bir vaqtning o‘zida ko‘prikka faqat 500 kishigina qo‘yiladi.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют