» » O‘zbekiston 2018-yilda biznes yuritish uchun eng yaxshi mamlakatlar reytingida 99-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 2018-yilda biznes yuritish uchun eng yaxshi mamlakatlar reytingida 99-o‘rinni egalladi


Forbes jurnali 2018-yilda biznesni yuritish mumkin bo‘lgan eng yaxshi mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Unda 153 ta davlat 15 ta turli omillar asosida baholandi, deb xabar berdi “Kommersant.uz”.

Eskpertlarning fikricha, qishloq xo‘jaligi ekinlarini diversifikatsiya qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarga qaramay, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi asosan paxta yetishtirishga qaratilgan. O‘zbekiston paxta yetishtirish bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda, eksport qilish bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi.

O‘zbekistondagi o‘sish asosan davlat investitsiyalari hisobidan amalga oshiriladi, tabiiy gaz, oltin va paxta eksporti valyuta tushumlarining katta qismini ta’minlaydi. Investitsiya muhitini yaxshilash zarurligini bilgan holda, hukumat ishbilarmonlik sektorini isloh qilish va mamlakatda xorijiy investitsiyalar uchun to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rmoqda”, — deya ta’kidlaydi ekspertlar.

Ro‘yxatni tuzishda mualliflar mulk huquqi, innovatsiya darajasi, soliq darajasi, texnologiya, korrupsiya darajasi, erkinlik (shaxsiy, tijoriy va moliyaviy), byurokratiya va investorlarni himoya qilish kabi omillarni hisobga olgan.

Biznes uchun eng yaxshi davlatlar reytingidagi dastlabki 20 ta mamlakatning 12 tasi Yevropa davlatlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Ro‘yxatga 2019-yilda Yevropa Ittifoqidan chiqib ketish uchun ovoz berish jarayonlarini o‘tkazgan Buyuk Britaniya yetakchilik qildi. Yevropa davlatlari moliyaviy erkinlik, innovatsiya, infratuzilma va korrupsiya darajasining pastligi jihatidan yuqori baholandi.

Shuningdek, ro‘yxatning boshidan Yangi Zelandiya, Niderlandiya, Shvetsiya va Kanada o‘rin olgan bo‘lsa, Liviya, Afg‘oniston, Gaiti, Gambiya va Chad ro‘yxatni yakunlagan.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют