» » Ikki bosh ot o‘g‘irlagan bekobodlik fuqaro 3 yilgacha qamalishi mumkin

Ikki bosh ot o‘g‘irlagan bekobodlik fuqaro 3 yilgacha qamalishi mumkin


13-dekabr kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs hech kim yo‘qligidan foydalanib, Bo‘ka tumani Ko‘korol mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi xususiy mehnat turi bilan shug‘ullanuvchi 1979-yilda tug‘ilgan L.Nga tegishli dala maydonida bog‘liq holda turgan umumiy narxi 14 000 000 so‘m tashkil etuvchi ikki bosh otini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Bekobod tumanida yashovchi 1973-yilda tug‘ilgan A.T sodir etganligi aniqlanib ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ikki bosh ot ashyoviy dalil sifatida olingan. IIB holat yuzasidan tergov olib bormoqda.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют