» » Toshkent aeroporti noqulay ob-havo sababli yana yopildi

Toshkent aeroporti noqulay ob-havo sababli yana yopildi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Toshkent aeroporti noqulay ob-havo sharoiti sababli vaqtincha havo kemalarini qabul qilmayotganligini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Kommersant.uz”.

Havo bandargohi hududida kuchli tuman qoplab olgan va ko‘rish liniyasi minimal darajada.

Samolyotlar respublikaning boshqa shaharlaridagi aeroportlarga yo‘naltirilgan. Frankfurtdan Toshkentga qaytayotgan “HY 232” reysi Samarqand aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Shuningdek, Buxoro va Nukus reylari ham shu yerga yo‘naltirilgan. Urganchdan keluvchi reys Navoiy shahri aeroportidan Toshkentga parvoz qilishni kutmoqda.

“Ob-havo yaxshilanganidan keyin barcha samolyotlar o‘z manziliga keladi”, — deydi ma’lum qildi kompaniya.

20-dekabr kuni ham Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroporti noqulay ob-havo sharoitlari tufayli yopilgan edi.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют