» » O‘zbekiston banklari foydalanuvchilarni masofadan identifikatsiya qilishni joriy etadi

O‘zbekiston banklari foydalanuvchilarni masofadan identifikatsiya qilishni joriy etadi


O‘zbekiston banklari bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish uchun foydalanuvchilarni masofadan identifikatsiya qilish tizimini joriy etadi. Bu haqda Markaziy bank saytida e’lon qilingan bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari va ularni rivojlantirish istiqbollari haqidagi obzorda aytiladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

“Masofadan identifikatsiya qilish bank xizmatlarini soddalashtirgan holda, bank operatsiyalarini nazorat qilish talablarini ta’minlaydi. Mijozlar uchun esa bank xizmatlaridan qog‘oz hujjatlarni qayta taqdim etmagan holda foydalanish, bankning bir filiali mijozi bo‘la turib, boshqa filiallari, va kelajakda, boshqa bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini beradi”, — deyiladi hujjatda.

2018-yilda bank mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olish va ularga xos raqam berishni joriy qilish orqali Bank depozitorlarining milliy axborot bazasini (BDMAB) modernizatsiyalash rejalashtirilgan.

Jismoniy shaxslarga xos raqam ajratish “Elektron hukumat” tizimi uchun ham dolzarb bo‘lib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqamini identifikator sifatida axborot tizimlariga joriy etish taklif qilinmoqda.

Bugungi kunda respublika banklari tomonidan bank kartalari yordamida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish maqsadida 19,3 mln bank kartalari muomalaga chiqarilgan bo‘lib, ushbu kartalar orqali 2017-yilning o‘n oyi mobaynida 36,9 trln so‘mga yaqin tranzaksiyalar o‘tkazildi.

Tijorat banklarining chakana to‘lovlar, shu jumladan, bank kartalari vositasida amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblari Markaziy bankning Kliring tizimi orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Markaziy bankning Kliring tizimi, chakana to‘lov tizimlari bilan birgalikda ishlashidan tashqari, Moliya vazirligi G‘aznachiligining axborot tizimi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning billing tizimlari bilan integratsiya qilingan holda to‘lovlarni o‘tkazish imkonini beradi.

Bank kartalari orqali o‘tkazilgan operatsiyalarning asosiy qismi savdo to‘lov terminallari, bankomatlar va infokiosklar orqali amalga oshirilgan. Hozirgi kunda jami o‘rnatilgan va aholiga xizmat ko‘rsatayotgan terminallar soni 235 ming dan ortiq bo‘lib, infokiosklar soni esa qariyb 5,5 mingtani tashkil etmoqda.

mobil telefonlar orqali to‘lovlarni amalga oshirish ommalashib bormoqda. Bu borada banklar tomonidan chiqarilgan 3,7 mln. dan ortiq bank kartalarining egalari mobil to‘lov tizimlaridan foydalanmoqdalar.

Mobil to‘lov tizimlari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar asosan mobil operatorlar, internet provayderlar xizmatlari uchun (nobank chakana to‘lov tizimlari orqali) to‘lovlarni o‘tkazish bo‘lib, kommunal to‘lovlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni Kliring tizimi orqali o‘tkazish salmog‘i yuqori bo‘lib kelmoqda. Joriy yilning o‘tgan o‘n oyi mobaynida Markaziy bankning Kliring tizimi orqali xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashkilotlar hisobiga amalga oshirilgan to‘lovlar summasi 4 trln. so‘mga yetib, tranzaksiyalar soni 31 mln.dan oshdi.

Hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan onlayn-banking texnologiyalarini, jumladan, mobil banking xizmatlarini real vaqt rejimida ko‘rsatish tizimlarini yanada rivojlantirish, barcha banklarning kartalarini to‘liq qamrab olish maqsadida jismoniy shaxslar uchun mobil to‘lov dasturlarini yaratish va joriy qilish bo‘yicha reja-grafiklarni ishlab chiqildi.

Shu bilan birga, mobil to‘lov dasturlari imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Markaziy bankning Kliring to‘lov tizimi asosida banklardagi xisobraqamlarni boshqarish, kartadan kartaga, hisobraqamdan hisobraqamga to‘lovlarni amalga oshirish, onlayn kreditlar berish (kreditlarni so‘ndirish) va to‘lovlarni amalga oshirish, onlayn jamg‘armalar ochish, savdo va xizmat ko‘rsatish shahobchalariga onlayn to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi mexanizmlar sinovdan o‘tkazilmoqda. Ushbu mexnizmlarning yagona platformada joriy qilinishi, bank mijozlari – jismoniy shaxslarga bankdagi o‘z hisobraqamlarini har kuni 24 coat (dam olish va bayram kunlarisiz) tasarruf etish imkoniyatini yaratadi.

Naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish borasida 2018-yilda banklar tomonidan mobil to‘lov dasturlari yordamida QR code va NFC kabi texnologiyalar asosida kontaktsiz to‘lovlarni o‘tkazish va qabul qilish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. Bu imkoniyatlardan bozorlarda, sayyor yarmarka va, ayniqsa, transportda foydalanilish aholi uchun qulay bo‘ladi.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют