» » Shavkat Mirziyoyev: Viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlarini tugatish lozim

Shavkat Mirziyoyev: Viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlarini tugatish lozim


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnoma yo‘llamoqda. Prezident murojaati “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilmoqda.

Prezident viloyatlar o‘rtasidagi yo‘l-patrul postlari masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda viloyatlar o‘rtasida yo‘l-patrul postlarining eskicha joylashuvi harakatlanish erkinligini cheklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

O‘zingiz o‘ylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud.

Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toshkentga mashinasida bormoqchi bo‘lsa, yo‘lda 17 ta postdan o‘tadi. Farg‘ona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Shu munosabat bilan viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlarini tugatish, patrul xizmati statsionar postlari sonini keskin kamaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют