» » Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi MDH mukofoti laureati bo‘ldi

Samarqand davlat universiteti o‘qituvchisi MDH mukofoti laureati bo‘ldi


Samarqand davlat universiteti organik va noorganik kimyo kafedrasi dotsenti Sergey Aronbayev MDHga a’zo mamlakatlari ziyolilari XI forumi natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan “Debyutlar hamdo‘stligi” xalqaro yoshlar mukofoti laureati bo‘ldi, deb xabar beradi UZ24.

Mukofotni tantanali topshirish marosimi 21-dekabr kuni Ozarbayjonning Ganja shahrida bo‘lib o‘tdi.

Ganja shahri 2017-yilda MDH mamlakatlari madaniy poytaxti deb e’lon qilingan edi. “Debyutlar hamdo‘stligi” mukofoti MDH gumanitar hamkorlik bo‘yicha kengashi va MDHga a’zo davlatlararo gumanitar hamkorlik fondi tomonidan 2008-yilda ta’sis etilgan.

Mukofot har yili muassislar tomonidan aniqlanadigan gumanitar soha bo‘yicha 35 yoshga to‘lmagan yosh mutaxassislarga topshiriladi.

Shu paytga qadar mazkur mukofot shoir, shifokor, pedagog, olim, tarixiy yodgorliklarni muhofaza qiluvchi mutaxassis, murabbiy, sportchi, turizm sohasi mutaxassislariga topshirilgan. Joriy yilda mukofot o‘qituvchi va pedagoglarga berildi.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют