» » Farg‘onada 12 kishi yong‘in chiqishi oqibatida halok bo‘ldi

Farg‘onada 12 kishi yong‘in chiqishi oqibatida halok bo‘ldi


Farg‘onada 12 kishi yong‘in chiqishidan halok bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB YoXB bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Adolat Abdiyevaga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, viloyatda 2017-yilning o‘tgan davrida 1 ming 126 yong‘in hodisasi qayd etilgan. O‘tgan 2016-yilning shu davriga qaraganda yong‘inlar 112 taga kamaygan.

Yong‘inlar oqibatida kuyish tan jarohati olish holatlari 25 tani tashkil etib, avvalgi yildan 19 taga kamaygan bo‘lsa-da, 12 kishining hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga sabab bo‘ldi.

Tahlillar yong‘inlar asosan tutun yo‘llarining nosozligi, yosh bolalarning olov bilan o‘ynashlari, ehtiyotsizlik, yong‘in xavfsizligi qoidalariga beparvolik oqibatida sodir bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston tumani, Hotamtoy qishlog‘ida harakatlanib ketayotgan VAZ-2101 “Jiguli” avtomashinasida elektr simining qisqa tutashuvi oqibatida avtomobilning motor va qisman salon qismi yonib ketgan.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют