» » FIFA reytingida ikki pog‘ona ko‘tarilgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston hamon Osiyoning to‘qqizinchi termasi bo‘lib turibdi

FIFA reytingida ikki pog‘ona ko‘tarilgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston hamon Osiyoning to‘qqizinchi termasi bo‘lib turibdi


FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unda bosh murabbiysiz bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikki pog‘ona yuqoriga ko‘tarilganini ko‘rish mumkin.

Avvalgi reytingda 80-o‘ringa qarab tushib ketgan o‘zbekistonliklar, bugunga kelib 78-o‘rinni egallab turibdi. Bu Osiyo mamlakatlari orasida to‘qqizinchi ko‘rsatkichdir. Qit’ada eng yaxshi ko‘rsatkich Eronga tegishli — 32-o‘rin. Mos ravishda Avstraliya (38), Yaponiya (57), Janubiy Koreya (60), Saudiya Arabistoni (63), Xitoy (71), BAA (73), Suriya (77) keyingi o‘rinlardan joy olgan.

Dunyo reytingining dastlabki 10 taligida o‘zgarish kuzatilmagan: Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Argentina, Belgiya, Ispaniya, Polsha, Shveysariya, Fransiya va Chili. Angliya hamda Italiya o‘ntalikka kira olmagan.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют