» » AQSh sudi Trampga qarshi konstitutsiyani buzish ayblovini rad etdi

AQSh sudi Trampga qarshi konstitutsiyani buzish ayblovini rad etdi


Manxetten federal sudi AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi berilgan da’voni rad etdi. Bu haqda 21-dekabr, payshanba kuni Associated Press agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Unda prezident Amerika konstitutsiyasining davlat birinchi shaxslariga xorijiy hukumatlardan to‘lovlar qabul qilishini taqiqlovchi nizomini buzganlikda ayblangan edi.

Da’vo “Fuqarolar Vashingtonda mas’uliyat va etika tarafdori” (Citizens for Responsibility and Ethics in Washington, CREW) tashkiloti tomonidan yanvar oyida berilgan edi. Tashkilot huquqshunoslar, huquq bo‘yicha mutaxassislar va kasb etikasi sohasidagi ekspertlarni birlashtiradi. Ular respublikachini o‘z kompaniyalariga egalik huquqidan voz kechmaganligi, shuningdek, unga tegishli aktivlar, jumladan xorijiy aktivlarni sotmaganlikda aybladi.

21-dekabr, payshanba kuni sudya Jorj Deniyels da’voni rad qildi. U da’vogarlar ayblovni tasdiqlovchi ishonchli dalillar taqdim eta olmaganligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Deniyels Tramp haqiqatda asosiy qonun nizomini buzgan taqdirda bu masalani federal sud emas, AQSh Kongressi ko‘rib chiqishi lozimligini bildirdi.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют