» » Shavkat Mirziyoyev: Avvalgi loyihada qurilgan uylarning 35—40 foizi bo‘m-bo‘sh turibdi

Shavkat Mirziyoyev: Avvalgi loyihada qurilgan uylarning 35—40 foizi bo‘m-bo‘sh turibdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnoma yo‘llamoqda, deb xabar berdi O‘zA.

“Ilgari qurayotgan 6 sotixli uylarimiz ancha qimmat edi. Tan olaylik, yangi ish o‘rinlari yaratmasdan, aholiga daromad manbasi yaratmasdan, oddiy odamlarga bunday uylarni sotib olishga imkoniyat berish qiyin edi. Natijada uylarni, asosan, bozor direktorlari va boshqalar sotib oldi. Bugun avvalgi loyihada qurilgan uylarning 35—40 foizi bo‘m-bo‘sh turibdi, chunki ular nevara-yu evaralarga olib qo‘yilgan. Shuning uchun biz oddiy aholi sotib olsin degan niyatda arzonlashtirilgan uylarni qurishga qaror qildik. Shifokorni ham, muallimni ham farzandlari bor, axir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют