» » “U ba’zi to‘dalarga qo‘shilgan edi”. Prezident sobiq ichki ishlar vaziri Adham Ahmedboyev nima uchun ishdan olinganini aytdi

“U ba’zi to‘dalarga qo‘shilgan edi”. Prezident sobiq ichki ishlar vaziri Adham Ahmedboyev nima uchun ishdan olinganini aytdi


O‘zbekiston Prezidenti 22-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasini taqdim etdi. Prezidentning chiqishi “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

Prezident parlamentga murojaati davomida Oliy sud rahbariyatini tanqid qilarkan, ularga Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbarlaridan biri — Adham Ahmedboyevning nima uchun ishdan olinganini eslatib o‘tdi.

Sobiq ichki ishlar vaziri Ahmedboyevning generallik unvonlari qaytarib olinganini, hozir qayerda yurganini bilasan. Sotqinligi, xiyonatchiligi uchun.

IIVning rahbari, O‘zbekiston vaziri bo‘la turib, bir-ikki to‘daga qo‘shilgani uchun, uni vijdonim qabul qilmadi — ikkita generalini ham olib tashladim. General-leytenantmish!

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston IIVga uch yil rahbarlik qilgan Adham Ahmedboyev 2017-yil 4-yanvarida o‘z lavozimidan ozod etilgan edi. O‘shanda uning Prezident Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangani aytilgan edi.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют