» » Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi o‘zbekistonlik Vitaliy Denisov uchun “Lokomotiv”ga 3 million taklif qildi

Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi o‘zbekistonlik Vitaliy Denisov uchun “Lokomotiv”ga 3 million taklif qildi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Moskvaning “Lokomotiv” futbol klubi himoyachisi Vitaliy Denisov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deb yozdi “Championat.asia” sayti.

Mamlakatning eng nomdor jamoalaridan biri “Fenerbaxche” o‘zining chap qanot himoyasi va yarim himoyasini kuchaytirish niyatida. Bu yo‘lda ular Vitaliy Denisovni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

“Lokomotiv” futbolchisi joriy mavsum Rossiya Premyer-Ligasining ortda qolgan 20 ta turidan keyin faqatgina 7 ta bellashuvda maydonga tushdi. Uning narxi Transfermarkt.de nashri ma’lumotiga ko‘ra, 5 million yevroni tashkil qiladi. Turkiya tomoni ayni paytda Denisov uchun 3 million to‘lashga tayyor.

30 yoshli himoyachi bu taklifga qanday munosabat bildirgani, “Lokomotiv” uni o‘rganib chiqmoqdami yoki yo‘q — aniq ma’lumot berilmagan. “Fenerbaxche” Turkiya Super Ligasining 16-turidan keyin turnir jadvalida “Istanbul Bashakshehir” klubidan so‘ng ikkinchi bo‘lib turibdi.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют