» » Toshkentda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi muhokama qilinadi

Toshkentda Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi muhokama qilinadi


Toshkent shahrida 27-dekabr kuni Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi muhokamasiga bag‘ishlangan vazirlar darajasidagi uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iziston transport va yo‘llar vazirligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda EADaily.

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov vazir Jamshidbek Qalilovni qabul qilib, temir yo‘l loyihasi tashqi bozorlarga chiqish uchun mamlakatga o‘ta zarurligi sababli Toshkentdagi bo‘lajak uchrashuvlarga ekspert guruhini puxta tayyorlash topshirig‘ini bergan.

Jeenbekov qurilishning tez orada boshlanishi Markaziy Osiyoning mintaqadagi samarali va foydali tranzit yo‘lagi sifatida jozibadorligini oshirishini bildirdi.

Bundan besh yil avvalgi hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur temir yo‘l qurilishiga 6-6,5 milliard dollar talab etilishi mumkin.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют