» » O‘zbekiston va Vengriya ta’lim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

O‘zbekiston va Vengriya ta’lim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi


Toshkent shahrida O‘zbekiston va Vengriya hukumatlari o‘rtasida ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bitim Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov va Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Peter Santo tomonidan imzolandi.

Mazkur hujjat ikki davlat oliy o‘quv muassasalarida ta’lim olish uchun kvotalar berish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar hamda madaniy tadbirlar o‘tkazish orqali ta’lim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratadi.

Bitim amaliy bajarilishi maqsadida ikki mamlakat vazirliklari, idoralari va muassasalari vakillaridan iborat qo‘shma ishchi guruh tuzish ko‘zda tutilmoqda.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют