» » Angliyada Boxing day start oldi. Uning ilk o‘yini — “Arsenal” va “Liverpul” to‘qnashuvida 6 ta gol urildi

Angliyada Boxing day start oldi. Uning ilk o‘yini — “Arsenal” va “Liverpul” to‘qnashuvida 6 ta gol urildi


Angliya Premyer-Ligasida Boxing day start oldi. Endi mamlakat futbol klublari deyarli har uch kunda maydonga tushadi. Ular hattoki yangi yil kechasida ham dam olmaydi.

Muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo‘ladigan bu davrni Arsen Venger hamda Yurgen Klopp futbolchilari boshlab berdi. Tomonlarning “Emireytes” stadionida kechgan bellashuvida darvozalarga jami 6 ta gol urildi. Biroq g‘olibni aniqlab bo‘lmadi.

Har ikki klub safida yetakchi futbolchilar gol urishga erishdi. “To‘pchilar”dan Aleksis Sanches, Granit Jaka hamda Mesut O‘zil o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, “mersisayd” klubi safida Filippe Koutinyo, Roberto Firmino va albatta Muhammad Saloh muvaffaqiyat qozondi. Liverpullik futbolchilar 2 ta gol farqi bilan oldida borganiga qaramay, yakunda g‘alabani ushlab qola olmadi.

Ayni paytda har ikki klubni faqatgina 1 ochko ajratib turibdi. Tomonlarning “Enfild”da o‘tgan birinchi o‘yinida liverpullik futbolchilar 4:0 hisobida zafar quchishga erishgandi. Firmino va Saloh o‘sha uchrashuvda ham gol urgandi. Ular qatorida Sadio Mane hamda Daniel Starrij muvaffaqiyat qozongandi.

19-turning qolgan o‘yinlari bugun — 23-dekabrda bo‘lib o‘tadi.

Angliya Premyer-Ligasi

19-tur bellashuvlari

22-dekabr, juma

Gollar: Filippe Koutinyo, 26 (0:1). Muhammad Saloh, 52 (0:2). Aleksis Sanches, 53 (1:2). Granit Jaka, 56 (2:2). Mesut O‘zil, 58 (3:2). Roberto Firmino, 71 (3:3).

23-dekabr, shanba

“Everton” — “Chelsi” 17:30 Futbol-TV

“Suonsi” — “Kristal Pelas” 20:00

“Stok Siti” — “Vest Bromvich” 20:00

“Manchester Siti” — “Bornmut” 20:00 Futbol-TV

“Sautgempton” — “Xaddersfild” 20:00

“Vest Hem” — “Nyukasl” 20:00

“Brayton” — “Uotford” 20:00

“Byornli” — “Tottenhem” 22:30 Futbol-TV

“Lester” — “Manchester Yunayted” 00:45 Futbol-TV

Опубликовано: admin (23-12-2017, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют