» » Sud xakasiyalik ayolning o‘g‘illaridan birining sochi uzunligi sababli olib qo‘yilgan bolalarni qaytarishga qaror qildi

Sud xakasiyalik ayolning o‘g‘illaridan birining sochi uzunligi sababli olib qo‘yilgan bolalarni qaytarishga qaror qildi


Rossiyaning Xakasiya Respublikasidagi Bograd tuman sudi Lyubov Litsegyevichning asrab olingan bolalarini qaytarish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

20-dekabr kuni Litsegyevichning besh yoshli o‘g‘lining sochi juda uzun bo‘lganligi sababli uning bolalari olib qo‘yilgani haqida xabar berilgan. Mojaro 2017-yilning 22-mayida, bog‘cha tarbiyachisi bolaning sochi uzunligidan shikoyat qilganda boshlangan. Sudda guvohlar bolaning sochi iyun oyida qisqartirilganini tasdiqlagan.

Natijada besh yoshli bolaga nisbatan vasiylikning bekor qilinishi haqida qaror qabul qilingan. 3-noyabrda esa ayolning barcha bolalari vasiylik idorasi tomonidan olib qo‘yilgan.

Voqealar haqida OAVlardagi xabarlardan so‘ng senator Yelena Mizulina Bosh prokuraturadan vasiylik organi harakatining qonuniyligini tekshirishni so‘ragan. Shuningdek, u bolaning sochi uzunligi haqidagi argumentni tanqid qilgan.

Lyubov Litsegyevich 57 yoshda bo‘lib, 21 nafar bolani tarbiya qilgan. Ulardan 20 nafari asrab olingan. Ayol bolalar tarbiyasi uchun ko‘p sonli ordenlar va minnatdorchiliklar bilan taqdirlangan.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют