» » Genriyetta For YuNISEFning yangi rahbari etib tayinlandi

Genriyetta For YuNISEFning yangi rahbari etib tayinlandi


BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Genriyetta Forni xalqaro tashkilot Bolalar fondi (YuNISEF) ijrochi direktori etib tayinladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Bosh kotib mazkur lavozimda 2010-yildan beri ishlab kelgan Entoni Leykka “ishga bo‘lgan sadoqati va YuNISEF nufuzini mustahkamlashdagi mehnati” uchun minnatdorlik bildirdi.

Hozirgi paytga qadar 69 yoshli For Holsman International investitsiya kompaniyasi direktorlar kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

U Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ma’muri va AQSh Davlat departamenti xalqaro ko‘mak bo‘limi direktori lavozimiga tayinlangan ilk ayol bo‘lgan. For bu yerda 2006—2009-yillarda ishlagan, undan oldin Davlat departamenti va moliya vazirligida boshqa vazifalarda mehnat qilgandi.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют