» » Xitoylik ishbilarmonlar Farg‘onada yangi loyihalarni muhokama qildi

Xitoylik ishbilarmonlar Farg‘onada yangi loyihalarni muhokama qildi


Farg‘onada viloyat tadbirkorlari va Xitoyning Szyansu provinsiyasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Biznes-seminarda mashinasozlik, farmatsevtika, to‘qimachilik, qurilish, oziq-ovqat, kimyo sanoati, elektrotexnika, muqobil energiya manbalari, zamonaviy texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritayotgan 100 ga yaqin konsern va kompaniya vakillari ishtirok etdi.

“Szyansu provinsiyasida zamonaviy sanoat rivojlangan bo‘lib, Xitoyda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bugun Farg‘ona viloyatidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdik. Yurtingizda tadbirkorlik uchun katta imtiyozlar berilayotgani e’tiborga sazovor”, — deydi Jiangsu kompaniyasi direktor o‘rinbosari Szya Yinke.

Tadbirda viloyatning iqtisodiy salohiyati va bu yerdagi investitsiya muhiti xususida ma’lumotlar taqdim etildi. Turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator investitsiyaviy shartnomalar imzolandi.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют