» » Sergelida yangi qurilgan 40 ta xonadon olimlar, tadqiqotchilar, ilmiy izlanuvchilarga topshirildi

Sergelida yangi qurilgan 40 ta xonadon olimlar, tadqiqotchilar, ilmiy izlanuvchilarga topshirildi


Toshkentning Sergeli tumanida yangi qurilgan uylar olimlar, tadqiqotchilar, ilmiy izlanuvchilarga topshirildi, deb xabar berdi O‘zA.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy salohiyatga ega, bilimli, tadqiqotlar olib borayotgan qirq nafar yosh olim yangi yil arafasida o‘z uylariga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonningning barcha hududlarida zamonaviy va milliy me’morchilik talablari asosida barpo etilayotgan yangi uylar imtiyozli ravishda aholiga taqdim etilmoqda.

Sergeli tumanida qurilayotgan uylar atrofida maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, oilaviy poliklinika, yopiq turdagi suzish havzasi, shahar militsiya bo‘linmasi, pochta va kitob do‘koni, dam olish maskanlari, bolalar maydonchalari, avtomobil turar joylari, velotrassalar barpo etilmoqda.

“Ipoteka” aksiyadorlik tijorat banki kreditlari hisobidan foydalanishga topshirilgan uylarning boshlang‘ich to‘lovi umumiy summaning 25 foizi miqdorida bo‘lib, kreditlar uch yillik imtiyozli davr va birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdorida yigirma yil muddatga berilmoqda. Yetti qavatli binolar ikki va uch xonali xonadonlardan iborat.

Quyosh elementlarini rivojlantirish, fotoelektronika yo‘nalishlarida foydalaniladigan “Yangi yarim o‘tkazgichli birikmalar olish va ularni tadqiq etish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib borayotgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti kichik ilmiy xodimi Qobiljon Omonov ham yangi xonadonlardan biriga ega bo‘ldi

“Biz uzoq yillar ijarada yashab kelgandik. Turmush o‘rtog‘imning ilmiy izlanishlari rag‘batlantirilganidan xursandmiz. Yangi uy, ayniqsa, qizlarimizning quvonchiga quvonch qo‘shdi”, — deydi Munisa Omonova.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют