» » Enrike Iglesiasning Toshkentdagi konsertiga chipta sotilmaydi

Enrike Iglesiasning Toshkentdagi konsertiga chipta sotilmaydi


Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida ispaniyalik mashhur qo‘shiqchi Enrike Iglesias 28-dekabr kuni konsert dasturini taqdim qiladi. “Istiqlol” san’at saroyining direktori Isroil G‘ulomovning jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, Enrike Iglesiasning konsert dasturiga biletlar sotuvga chiqmaydi.

Enrike Iglesias 28-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan konsert dasturining biletlari sotuvga chiqmaydi. Barcha tomoshabinlar taklifnoma asosida konsertda mehmon bo‘lishadi. Dastur taklifnomalari haqidagi batafsil ma’lumotni yaqin soatlarda ma’lum qilamiz.

Isroil G‘ulomov, “Istiqlol” san’at saroyi direktori

Ma’lumot uchun, “Istiqlol” san’at saroyi 3932 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan.

Eslatib o’tamiz, Enrike Iglesiasning 28-dekabrda “Istiqlol” san’at saroyida konsert berishi munosabati bilan Obid Asomovning uch kunlik “Sizlarni sog‘indim” nomli konsertining bir kuni 2018-yilga ko‘chirilgan edi.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют