» » Super Liga futbolchilari O‘FF joriy qilgan normativdan o‘ta olmayapti. Ko‘rsatkichlar juda past

Super Liga futbolchilari O‘FF joriy qilgan normativdan o‘ta olmayapti. Ko‘rsatkichlar juda past


O‘zbekiston futbol federatsiyasi tarixda ilk bor Super Liga futbolchilaridan normativ qabul qilmoqda. Unga ko‘ra, chempionatda ishtirok etishi kerak bo‘lgan klublar O‘FF belgilab belgan me’yorlar bo‘yicha sinovdan o‘tishi shart.

Normativlar 4 bosqichdan iborat bo‘ladi:

O‘FF talabiga ko‘ra, mazkur normativlarni topshira olmagan futbolchilar Super Liga uchun ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Ayni vaqtda klublar birinchi normativlarni topshirib ko‘rmoqda. Undan yiqilgan futbolchilar, mavsum boshida yana bir bor imtihonga tashrif buyuradi. Unda ham sinovlardan yiqilsa, Super Ligada futbol o‘ynamaydi. Klubi bilan shartnomasi bor yoki yo‘qligi ikkinchi masalaga aylanadi.

Tashkilot matbuot xizmati taqdim etgan materialda futbolchilarning natijalari juda past ekanini ko‘rish mumkin. Masalan, Super Ligaga qadam qo‘ygan “Sementchi” futbol klubining imtihon topshirgan 21 nafar futbolchisidan hech biri 50 metrga 7 marta borib kelish sinovidan o‘ta olmagan. Mazkur holat mavsum oldidan ham takrorlansa, Quvasoy klubi yuqori divizionda qaysi futbolchilar bilan o‘ynashi ma’lum emas.

50 metr masofaga 7 marta yugurib kelishda “Olmaliq”ning 6 foiz futbolchisigina O‘FF talablariga javob bergan. Bu ko‘rsatkich “Mash’al”da 16 foizni, “Qo‘qon-1912” klubida 4 foizni, “Navbahor”da esa 20 foizni tashkil qiladi.

“Yo-Yo” test borasida “Navbahor” 38 foizlik ko‘rsatkich qayd etgan. “Qo‘qon-1912”ning 29 foiz futbolchisi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Mos ravishda “Olmaliq” 17 foiz, “Mash’al” hamda “Sementchi” 9 foizdan natija qayd etgan.

Avvalroq nomuayyan muddatga futboldan chetlashtirilgan “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov O‘FF sinovlarini afsonaviy Bobbi Charlton ham bajara olmasligi haqida aytib o‘tgandi.

Sinovlarni olayotgan pedagogika fanlari nomzodi, professor Shamil Iseyev bunday imtihonlar butun dunyoda borligi haqida aytgan. Biroq aynan qaysi mamlakatlar futbol federatsiyalari klub futbolchilarini shunday imtihonlarga jalb qilishi masalasini konkret sanab bermagan. Uning fikricha, terma jamoalarning muvaffaqiyatsiz o‘yinlariga asl sabab shunda.

JCh saralashida qatnashgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilarining o‘yinlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, uchrashuv oxirlariga kelib ularning texnik-taktik harakatlari pasaygani, to‘pni olib qo‘yish, sheriklariga oshirish, uzun paslar berish, havodagi to‘p uchun kurash va hokazolarda braklar ko‘payganini ko‘rish mumkin.

Bizning futbolchilar jismoniy jihatdan kuchli bo‘lmaganliklari tufayli, 90 daqiqa davomida faol harakat qila olmadi. Natijada, JCh yo‘llanmasi qo‘ldan boy berildi. Agar milliy chempionatimizda ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati yaxshi bo‘lsa, bu holat terma jamoalarimiz o‘yinlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shamil Iseyev, professor

Опубликовано: admin (23-12-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют