» » Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyobonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyobonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi


Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Toshkent shahridagi bir qator ijtimoiy obyektlarga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Prezidenti dastlab, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida bunyod etilgan yangi binosi qurilishi va Adiblar xiyobonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

2017-yilning iyun oyida Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, qurilish va obodonlashtirish bilan bog‘liq topshiriqlar bergan edi. O‘tgan 6 oy davomida 9,6 gektardan iborat maydonda ulkan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining yangi binosi qad rostladi. Bino ikki qavatdan iborat bo‘lib, uning birinchi qavatiga “Jahon adabiyoti”, “Sharq yulduzi”, “Yoshlik” jurnallari tahririyatlari hamda “Ijod” jamoatchilik fondi joylashadi. Binoda 150 o‘rinlik faollar zali ham mavjud bo‘lib, u ijodiy kechalar, badiiy muhokamalarni shu yerning o‘zida o‘tkazish imkonini beradi. Binoning ikkinchi qavatida Yozuvchilar uyushmasi joylashadi. Uning huzurida boy kutubxona ham tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev Uyushma maqomini ko‘tarish, uni xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga ta’sir ko‘rsatadigan muassasaga aylantirish zarurligini qayd etdi.

“Navoiy bobomiz doimo hammani ezgulikka chorlagan, bugungi adabiyotimiz, adiblarimiz ham odamlarni mustaqillikni mustahkamlashga, bunyodkorlik va saxovatga, yoshlarni vatanparvarlikka da’vat qilishi kerak. Ziyoli inson, ijodkor hamisha xalq kamolini o‘ylaydi. Binobarin, yurtimizda ijodkorlar qancha ko‘paysa, jamiyatimiz uchun shuncha foydali bo‘ladi”, — dedi O‘zbekiston rahbari.

Shavkat Mirziyoyev adiblar uchun ijod sharoitini yanada yaxshilash, xususan, Uyushma hovlisini kishini ilhomlantiradigan go‘zal gulzorga aylantirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Adiblar xiyobonida har kuni mashhur o‘zbek shoirlarining she’rlari yangrab turishi kerakligi, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini yanada yuksaltirish uchun bu yerda ochilgan Adabiyot muzeyi yanada boyitish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan Uyushmaning kutubxonasi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona bilan bog‘lanadi, ijodkorlar uning boy kitob fondidan shu yerdan turib bemalol foydalana oladi.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют