» » Bir yil ichida Yer sayyorasi aholisi 83 million kishiga ko‘paydi

Bir yil ichida Yer sayyorasi aholisi 83 million kishiga ko‘paydi


Yer aholisi fondi mutaxassislarining prognoz qilishicha, keyingi yilning yanvar oyida sayyora aholisi 7,5 milliard kishidan ko‘proq bo‘ladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

2018-yilning 1-yanvar kuni Yer sayyorasida 7 591 541 000 kishi bo‘ladi. O‘tgan yil bilan solishtirganda Yer aholisi 83 million kishiga ko‘paygan.

Har soniyada aholi soni o‘rta hisobda 2,6 kishiga ko‘paymoqda.

Aholining eng ko‘p ko‘payishi Afrikada kuzatiladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2050-yilda qit’a aholisi soni ikki baravarga o‘sib, 1,26 milliard kishidan 2,53 milliard kishiga yetadi.

Sayyora aholisi sonining o‘sib borayotgani sababi bolalar o‘limining kamaygani va uzoq umr ko‘rish davomiyligining o‘sishi bilan izohlanmoqda.

Pew Research Center Amerika ijtimoiy markazi tadqiqotchilarining ma’lum qilishicha, 2050-yilga kelib, Yevroittifoq aholisining 14 foizini musulmonlar tashkil etadi.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют