» » Hindistonda avtobusning daryoga qulashi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda avtobusning daryoga qulashi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi


Hindiston shimolida avtobusning daryoga qulashi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi jarohatlandi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Avtobus Rojastondagi Savay-Madxopur shahridan Lalsot aholi yashash punktiga yo‘l olgan edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi yuqori tezlik tufayli boshqaruvni yo‘qotgach avtobus ko‘prikdan daryoga qulagan.

“Savay-Madxopur shahridagi Banas daryosiga avtobus qulash oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi jiddiy jarohat oldi”, — deyiladi xabarda.

Jarohatlanganlar shifoxonaga joylashtirilgan, hodisa joyida qutqaruv operatsiyalari olib borilmoqda.

Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ta’ziya izhor etgan.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют