» » Venesueladagi neftni qayta ishlash zavodlarining 80 foizi ishini to‘xtatdi

Venesueladagi neftni qayta ishlash zavodlarining 80 foizi ishini to‘xtatdi


Venesueladagi neftni qayta ishlash zavodlarining aksariyati o‘z ishini to‘xtatdi. Bu haqda mamlakat neft sanoati ishchilari kasaba uyushmasi yetakchisi Ivan Freytes ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Faqat ikki zavod faoliyat ko‘rsatmoqda, neftni qayta ishlash zavodlarining 80 foizi o‘z ishini to‘xtatgan. Mamlakatda benzin, xususan, yuqori oktanli yoqilg‘i ishlab chiqarish deyarli to‘xtadi”, — dedi Freytes.

Kasaba uyushma yetakchisi sohadagi inqiroz uchun aybni AQSh sanksiyalariga emas, Venesuela hukumati va prezident Nikolas Maduroga to‘nkadi.

22-dekabr, juma kuni Venesuelaning Tachira, Barinas va Suliya shtatlarida yoqilg‘i tanqisligi kuzatilayotgani ma’lum qilindi. PDVSA davlat neftgaz kompaniyasi bayonotida bu “xalqaro qamal” va AQSh sanksiyalari bilan izohlandi.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют