» » Britaniya malikasi irqchilikda ayblanganidan so‘ng kechirim so‘radi

Britaniya malikasi irqchilikda ayblanganidan so‘ng kechirim so‘radi


Britaniya malikasi kentlik Mishel Yelizaveta II ning Rojdestvo tushligiga “irqiy kamsituvchi taqinchoqlar” bilan kelganligi uchun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ayblanganidan so‘ng uzr so‘radi. Bu haqda The Guardian gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, malika o‘zining kostyumiga “qoramag‘iz” uslubidagi qora tanli xizmatkor odam ko‘rinishidagi to‘g‘nag‘ichni taqib olgan. Tarmoqning ayrim foydalanuvchilarini fikricha, bu orqali malika tushlikda ishtirok etayotgan shahzoda Garrining bo‘lajak rafiqasi Megan Marklni haqoratlagan. Chunki uning ota-bobosi afroamerikaliklarga borib taqaladi.

“To‘g‘nag‘ich sovg‘a hisoblanadi va u bir necha bor taqilgan. Malika Mishel bu xafagarchilikni keltirib chiqarganidan juda afsusda va qayg‘uda”, — deydi malikaning vakili.

Kentlik Mishel qirolicha Yelizaveta II ning jiyani — shahzoda Mayklning rafiqasi hisoblanadi. Malika 2004-yilda ham nomaqbul xatti-harakatda ayblangan edi. OAVlarning xabar berishicha, malika Nyu-Yorkdagi restoranga tashrif buyurgan qora tanli xo‘randalardan “yana o‘z koloniyalariga qaytib ketishini” so‘ragan. Keyinroq Mishel ushbu gap-so‘zlarni rad etib chiqqan.

Bundan tashqari malikaning otasi asli nemis bo‘lganligi va “SS” harbiy otryadi hamda natsistlar partiyasi tarkibida xizmat qilganligi uchun ham tanqidga uchragan.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют