» » “Paxtakor” Chempionlar Ligasiga harakatni boshladi. Birinchi galda Sherzod Karimov jamoadan ketkazildi

“Paxtakor” Chempionlar Ligasiga harakatni boshladi. Birinchi galda Sherzod Karimov jamoadan ketkazildi


Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi 30-yanvar kuni Osiyo Chempionlar Ligasining pley-off o‘yinida ishtirok etadi. Shota Arveladze murabbiyligidagi jamoa 1 ta o‘yindan iborat saralashni Qatarda “Al-Garafa”ga qarshi o‘tkazadi.

Yangi yil arafasida gruziyalik mutaxassis “Paxtakor” futbolchilarini yig‘di va tayyorgarlikning birinchi bosqichini boshladi, deb yozdi klub rasmiy sayti. Arveladzening “Championat.asia” saytiga ma’lum qilishicha, yarim himoyachi Sherzod Karimovga javob berib yuborilgan va u “Paxtakor” bilan rasman xayrlashgan.

Karimov faoliyatining keyingi qismini qaysi klubda davom ettirishi ma’lum emas. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ijara asosida o‘tgan mavsumni “Lokomotiv” safida o‘tkazgan Jaloliddin Masharipov “Paxtakor” mashg‘ulotlariga kelib qo‘shilgan. Bungacha “Lokomotiv”ning yana bir futbolchisi Ikrom Aliboyev ham “paxtakorchi”ga aylangani borasida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Qo‘shimchasiga, Arveladzening mashg‘ulotiga “Nasaf” himoya chizig‘i fakili Farrux Sayfiyev qo‘shilgan. O‘tgan mavsumning yarmida “Paxtakor” qarshiliklardan darvozabon Eldor Suyunov hamda himoyachi Sherzod A’zamovni 1 milliard so‘mga sotib olgandi. Qarshidagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin “Nasaf”ning yana ikki futbolchisi “Paxtakor” murabbiyining e’tirobiga tushgan. Ikkinchi futbolchining kim ekani yaqin orada ma’lum bo‘ladi.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют