» » Zidan o‘zaro to‘qnashuvlarning ketma-ket 5 tasida Valverdedan ustun kelgandi. Bu safar “Barsa” ustozi g‘olib chiqdi

Zidan o‘zaro to‘qnashuvlarning ketma-ket 5 tasida Valverdedan ustun kelgandi. Bu safar “Barsa” ustozi g‘olib chiqdi


Zinedin Zidan hamda Ernesto Valverde murabbiylik faoliyatlari davomida o‘zaro oltinchi bor to‘qnash keldi. Bungacha ketma-ket 5 ta uchrashuvda fransiyalik mutaxassis boshqargan jamoa ustunlik qilgandi.

Valverde Bilbaoning “Atletik” klubini boshqargan vaqtida Zidan murabbiyligidagi “Real”ga 3 marta imkoniyatni boy bergandi.

Keyinchalik Valverde “Barselona” bosh murabbiyiga aylandi. Biroq uning ketma-ket ikki “El-Klasiko”si ham Zidan shogirdlarining g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. O‘zaro to‘qnashuvlarning oltinchisiga kelibgina birinchi yirik hisob kuzatildi va Ernesto tarixda ilk bor Zidan jamoasini taslim qildi — 3:0.

Biz o‘yinni yaxshi boshladik. Birinchi bo‘limda kurashda tenglik kuzatildi. Ikkinchi taymda esa yomon himoyalandik va xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bunday o‘yinlarda epizoddar ko‘p narsani hal qiladi. Mag‘lubiyat biz uchun og‘riqli, ammo bu futbol.

Hisob qanchalik hafa qilmasin, hech narsani o‘zgartirmaymiz. Oldinda ta’til bor. Bu o‘yin haqida unutib, vaqtni oilamiz bilan o‘tkazamiz hamda hali hech narsa yo‘qotilmagandek kayfiyatda qaytib kelamiz.

Boshlang‘ich tarkib maslasiga to‘xtalsam, bu mening vazifam edi. Kovachichning asosiy tarkibga kiritilishi, Messini qurolsizlantirish uchun edi.

Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

Biz baxtiyormiz. Axir ajoyib jamoani uning maydonida taslim qildik. Biroq hali birinchi bosqich ham to‘liq yakuniga yetmadi, oldinda o‘yinlar ko‘p. Oradagi farq hali hech narsa emas, hammasi keyinroq hal bo‘ladi.

“Real” o‘yinimizni namoyish eta olmasligimiz uchun harakat qildi. Biz esa sekin-asta vaziyatlar yaratib, gol urishga erishdik. Keyinroq raqib kamchilikda to‘liq tarkibdan ko‘ra ko‘proq xavfliroq ko‘rindi.

Ernesto Valverde, “Barselona” bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (23-12-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют