» » Rossiya TIV: Afg‘onistondagi IShID jangarilari soni 10 mingdan oshgan. Ular asosan Tojikiston va Turkmaniston chegarasi yaqinida

Rossiya TIV: Afg‘onistondagi IShID jangarilari soni 10 mingdan oshgan. Ular asosan Tojikiston va Turkmaniston chegarasi yaqinida


IShID terrorchilik tashkiloti o‘zining Afg‘onistondagi qudratini sezilarli oshirdi. Bu haqda, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Osiyo departamenti direktori Zamir Kabulovga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Rossiya IShIDning Afg‘onistonda paydo bo‘lishi yuzasidan birinchilardan bo‘lib o‘z xavotirlarini bildirgan edi. So‘nggi vaqtlarda Afg‘onistondagi IShID o‘z qudratini ancha oshirdi. Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, mamlakatdagi IShID jangarilari soni 10 mingdan oshgan hamda bu raqam Iroq va Suriyada tajriba oshirganlar hisobiga o‘sishda davom etmoqda”, — dedi Kabulov.

Rossiya TIV vakilining alohida qayd etishicha, Afg‘onistondagi IShID kuchlari asosan mamlakat shimolida — Tojikiston va Turkmaniston bilan chegaradosh tumanlarda o‘rnashgan.

“Jo‘zjon va Saripul viloyatlari bizning alohida xavotirlarimizga sabab bo‘lmoqda, boisi yaqinda u yerdagi jangarilar orasida Jazoir va Fransiya fuqarolari borligi ma’lum bo‘ldi. IShID Afg‘onistonni tayanch bazasi deb hisoblamoqda hamda o‘z ta’sir doirasini undan tashqariga yoymoqchi. Bu, eng avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning janubiy hududlariga jiddiy tahdid uyg‘otadi”, — deya qo‘shimcha qildi Kabulov.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют