» » Balida yana vulqon otilishi qayd etildi

Balida yana vulqon otilishi qayd etildi


Indoneziyaning Bali orolida 23-dekabr, shanba kuni yana vulqon otilishi qayd etildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

23-dekabr, shanba kuni Agung vulqoni kuli 2,5 kilometr balandlikka otildi. Tog‘dan taxminan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan xalqaro aeroport odatiy tartibda ishlamoqda.

Mamlakat tabiiy ofatlarning oldini olish agentligi rasmiy vakili Sutopo Nugroxo vulqon faollashuvi tez-tez sodir bo‘lishi mumkinligini bildirib, bundan xavotirga tushmaslikka chaqirdi.

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo Balida bo‘lib, hukumatning ko‘chma yig‘ilishini o‘tkazdi.

“Biz orol xorijiy sayyohlar o‘tayotgan yilning oxirgi kunlarini o‘tkazishi uchun xavfsiz joy ekanligini ko‘rsatishni istaymiz. Vulqon xavf tug‘dirmaydi”, — ta’kidladi Vidodo.

Опубликовано: admin (24-12-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют