» » Toshkentda tuman kengashlari saylovi boshlandi

Toshkentda tuman kengashlari saylovi boshlandi


Toshkentda 24-dekabr, yakshanba kuni birinchi marta xalq deputatlari tuman kengashlari saylovi boshlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Bunga qadar poytaxtda xalq deputatlari tuman kengashlari yo‘q edi. Ularning tashkil etilishi fuqarolarga tumanlar boshqaruvida o‘zlari saylagan vakillar orqali ishtirok etish imkonini beradi.

11 ta tuman kengashiga 30 nafardan deputat saylanadi. Jami 1650 nomzod saylovda ishtirok etmoqda. Ular to‘rt siyosiy partiya hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ilgari surilgan.

Ovoz berish uchun 330 saylov okrugi va 855 saylov uchastkasi tashkil etilgan. Saylovchi qaysi uchastkada ro‘yxatga olinganini Markaziy saylov komissiyasi saytidan aniqlash mumkin.

Опубликовано: admin (24-12-2017, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют