» » A seriya. Gattuzo “Milan”ni eplolmayapti. “Inter” yana mag‘lub bo‘ldi. “Roma” Turinda “Yuve”dan yengildi

A seriya. Gattuzo “Milan”ni eplolmayapti. “Inter” yana mag‘lub bo‘ldi. “Roma” Turinda “Yuve”dan yengildi


Italiya A seriyasining 18-turidan keyin ham “Napoli”ning peshqadamligini davom etadigan bo‘ldi.

Neapollik futbolchilar “Sampdoriya”ga qarshi uchrashuvda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ikkinchi bo‘limda Sarri jamoasi maydonda bir kishi kam qolsa-da, ular g‘alabani saqlab qola oldi.

“Yuventus” esa ketma-ket yettinchi chempionlik ilinjida “Napoli”ni ta’qib qilib kelmoqda. Allegri jamoasi markaziy o‘yinda Rimning “Roma” klubini qabul qildi va 1 ta aniq zarba evaziga zafar quchdi. Ayni vaqtda turinliklarni peshqadamlikdan 1 ochko ajratib turibdi.

Milan klublari uchun mazkur tur ham omadsiz keldi. Mauro Ikardining noaniq penaltisi sabab “Inter” kutilmaganda “Sassuolo” maydonidan quruq qo‘l bilan qaytdi.

Yevropa Ligasida “Lion”, “Everton” kabi klublardan yaxshiroq o‘ynagan “Atalanta” esa “Milan” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Jennaro Gattuzo “Milan”ni qabul qilib olgach, klub A seriyada 4 ta o‘yin o‘tkazdi va shularning 2 tasida imkoniyatni boy berdi. Ko‘rinishidan Gattuzo ham iste’fo sari yaqinlashib kelmoqda.

Italiya A seriyasi

18-tur o‘yinlari

22-dekabr, juma

Gol: Xouma Babakar, 82 (0:1).

Chetlatish: Joao Pedro, 93+ (K).

23-dekabr, shanba

Gollar: Jordan Lukaku, 56 (1:0). Chiro Immobile, 78 (2:0). Senad Lulich, 86 (3:0). Felipe Anderson, 89 (4:0).

Gollar: Yago, 1 (0:1). Yago, 10 (0:2). Federiko Viviani, 42 (1:2). Mirko Antenuchchi, 69-pen (2:2).

Gol: Diyego Falchinelli, 34 (1:0).

Noaniq penalti: Mauro Ikardi, 49 (I).

Gollar: Gaston Ramires, 2 (0:1). Allan, 16 (1:1). Fabio Kvalyarella, 27-pen (1:2). Lorentso Insinye, 33 (2:2). Marek Hamshik, 39 (3:2).

Chetlatish: Mariu Ruy, 77 (N).

Gollar: Brayan Kristante, 32 (0:1). Yosip Ilichich, 71 (0:2).

Gol: Mehdi Benatia, 18 (1:0).

Опубликовано: admin (24-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют