» » Krasnodarlik sudya qizining to‘yi shahzoda Garri va Alla Pugachyovaning to‘ylarini ham ortda qoldirdi

Krasnodarlik sudya qizining to‘yi shahzoda Garri va Alla Pugachyovaning to‘ylarini ham ortda qoldirdi


2017-yilda ma’lum bo‘lgan eng esda qolarli nikoh to‘ylari reytingi tuzildi, deb yozadi “Fotoshedevr”. Ro‘yxatda krasnodarlik sudya qizining nikoh marosimi yetakchilik qildi. Matbuotni ushbu tadbirni o‘tkazishga sarflangan summa o‘ziga jalb qildi.

Ikkinchi o‘rinni shahzoda Garri va qallig‘i Megan Marklning hali bo‘lib o‘tmagan to‘yi egalladi. Nikoh marosimi kelasi yilning bahorida o‘tkaziladi, ammo unashtiruvdan so‘ng ular OAVda eng ko‘p muhokama qilinayotgan juftliklardan biriga aylandi.

Yetakchi uchlikka xokkeychi Aleksandr Ovechkin va Anastasiya Shubskayaning to‘yi yakun yasadi. Marosim chog‘ida sportchiga Rossiya prezidentining shaxsan o‘zi qo‘ng‘iroq qilib, uni hayotidagi yangi bosqich bilan tabriklagan.

Reytingdan, shuningdek, model Viktoriya Lopiryova va qo‘shiqchi Nikolay Baskovning 2018-yil yozida bo‘lib o‘tadigan to‘yi, xonanda Alla Pugachyova va Maksim Galkinning nikoh marosimi, Nikita Presnyakov va Alyona Krasnova, Lionel Messi va rafiqasining to‘ylari, Yana Rudkovskaya va Yevgeniy Plyushchenkoning nikoh marosimi joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi sudyasi Yelena Xaxaleva qizining to‘yini uyushtirib, unga 2 million dollar sarflagan edi.

Опубликовано: admin (24-12-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют