» » Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi KFC restoraniga o‘g‘rilikka tushdi va xodimning qarshiligidan so‘ng qochib ketdi

Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi KFC restoraniga o‘g‘rilikka tushdi va xodimning qarshiligidan so‘ng qochib ketdi


20-dekabrga o‘tar kechasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik muhojir KFC tez tanovul restoraniga o‘g‘rilikka tushdi, ammo bu maqsadini amalga oshira olmay, qochib ketdi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Aytilishicha, o‘zbekistonlikning qo‘lida to‘pponcha bo‘lib, u bilan ma’murga tahdid qilgan. Xodim qarshilik ko‘rsatganidan so‘ng pulni olmay, restorandan chiqib ketgan. U ma’murning yuziga ballondan gaz sepib, uning chalg‘iganidan foydalangan va qochib ketgan.

Oradan ikki sutka o‘tib, 24 yoshli yigit qo‘lga olindi. U hozirda ishlamayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojiri ekanligi aniqlangan.

Опубликовано: admin (24-12-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют