» » Jizzaxda qurol-yarog‘ namoyishi va ko‘rgazmali harbiy chiqishlarni ko‘rgani 10 mingga yaqin yoshlar keldi

Jizzaxda qurol-yarog‘ namoyishi va ko‘rgazmali harbiy chiqishlarni ko‘rgani 10 mingga yaqin yoshlar keldi


23-dekabr kuni Jizzax shahrining “Mustaqillik” maydonida aholi va ayniqsa yoshlar uchun O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil topganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Milliy armiyamiz — yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida “Armiya va yoshlar” nomli festival o‘tkazildi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Jizzax viloyati hokimligi va markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan Qurolli kuchlar salohiyati namoyishida viloyat aholisi bilan birga 10 mingga yaqin yoshlar ham ishtirok etdi.

Tadbirda 800 nafarga yaqin harbiy xizmatchilarning harbiy orkestr sadolari ostida tantanali marsh bilan o‘tishi, qo‘l jangi va saf elementlarini namoyish etishi ko‘rsatildi. 50 dan ziyod harbiy-texnika va qurol-aslaha namunalari hamda harbiy ta’minotga oid ko‘rgazmalar,shuningdek, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashining texnik imkoniyatlari yoshlarni befarq qoldirmadi.

Festivalda Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A. Saliyev va Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov ishtirok etdi.

Опубликовано: admin (24-12-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют