» » “Qahramon qiz sirligicha qolmoqda”. Ulug‘bek Qodirov bosh rolni ijro etayotgan “Snayper” filmining Turkiyadagi suratga olish ishlari tugadi (foto va video)

“Qahramon qiz sirligicha qolmoqda”. Ulug‘bek Qodirov bosh rolni ijro etayotgan “Snayper” filmining Turkiyadagi suratga olish ishlari tugadi (foto va video)


Prodyuser Ruslan Mirzayev hamda rejissor Ozod Shams hamkorlikda suratga olayotgan “Snayper” filmining Turkiyadagi suratga olish ishlari tugadi. Filmda Ulug‘bek Qodirov bilan bosh rolni ijro qilayotgan aktrisaning kimligi haligacha sirligicha qolmoqda.

Film va filmda bosh rolni ijro qilayotgan aktrisa haqda batafsil ma’lumot olish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad film rejissori Ozod Shams bilan bog‘landi.

“Ekranda faqat bir xil aktrisalarni ko‘rib zerikdik” degan e’tirozlarini tushungan holda, umuman boshqa, yangi chehrani, yangi aktrisani Ulug‘bek Qodirovga partnyor sifatida bosh rolga oldik. O‘z muxlislariga ega aktrisalarni tomoshabinlarimiz ko‘plab rollarda ko‘rib, o‘rganib qolishgan. Muxlislar “mashhur aktrisaga katta gonorar berishdan qochib, yangi aktrisani olib chiqayotgan ekan”, degan fikrga bormasliklarini so‘ragan bo‘lardik, bu filmda puldan, moddiy xarajatdan qochayotganimiz yo‘q. Yangi aktrisa bo‘lganda ham, o‘z ustida ishlagan, ishlayotgan va, ishontirib aytamanki, tomoshabinlarning ensasi qotmaydigan darajada qobiliyatga ega aktrisani bosh rolga oldik va hozircha u aktrisa kimligini ma’lum qilish niyatimiz yo‘q.

Ozod Shams, rejissor

Ma’lumot uchun, “Snayper” filmining Turkiyadagi suratga olish ishlari 12 kun davom etgan bo‘lib, filmda turkiyalik aktyor Dug‘ukan Erdem ham suratga tushgan. Film premyerasi mart oylariga mo‘ljallangan.

Опубликовано: admin (24-12-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют