» » Avstriya kansleri: Turkiyaga Yevroittifoqda o‘rin yo‘q

Avstriya kansleri: Turkiyaga Yevroittifoqda o‘rin yo‘q


Turkiya mamlakat rasmiylarining siyosiy yo‘nalishi tufayli Yevroittifoq a’zosi bo‘lolmaydi. Bu haqda Avstriya kansleri Sebastyan Kurs ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Bu mamlakatda inson huquqlari, asosiy huquq va erkinliklarning jiddiy buzilishiga guvoh bo‘lyapmiz. Yevroittifoq buni ko‘ra-bila turib o‘zini hech narsa bo‘lmagandek tutishini qabul qilolmayman. Xususan, oxirgi yillardagi siyosatni nazarda tutganda, Turkiyaga Yevroittifoqda o‘rin yo‘q. Uning a’zo bo‘lishi haqidagi muzokaralarni to‘xtatish to‘g‘ri bo‘lardi”, — dedi Kurs.

Kanslerga ko‘ra, Anqara Yevropadagi turk hamjamiyatlariga ularning chatishib ketishini oldini olish uchun ta’sir o‘tkazishga urinmoqda.

Опубликовано: admin (24-12-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют