» » NYT: Livan bosh vaziri Saudiya hukumati bosimi ostida iste’fo haqida e’lon qilgan

NYT: Livan bosh vaziri Saudiya hukumati bosimi ostida iste’fo haqida e’lon qilgan


Livan bosh vaziri Sa’d Haririy noyabrda Saudiya hukumati bosimi ostida o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qilgan, deb yozadi “Gazeta.ru” The New York Times’ga tayanib.

Xabar berilishicha, iste’fo haqida ommaga e’lon qilishdan bir kun avval Ar-Riyodga tashrif bilan yetib kelgan Haririyni uy qamog‘iga olishgan. U yerda undan telefonini olib qo‘yishgan va tansoqchilarsiz qoldirishgan. Shundan so‘ng Haririyga o‘z vakolatlarini topshirish haqida aytiladigan nutq matnini berishgan.

OAVlar Saudiya hukumati Haririyni kuch bilan ushlab turgani haqida avval ham yozgan edi.

Ammo NYT qayd etishicha, Livan bosh vazirini hibsga olish tashabbuschisi Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bo‘lgan. Shu tariqa u Eronning hududdagi avtoritetini cheklamoqchi bo‘lgan.

Shunga qaramay, deb yozadi gazeta, bin Salmonning rejalari oxirigacha amalga oshmay qoldi, chunki Haririy atrofidagi vaziyat unga mashhurlikni qaytarib berdi. Bundan tashqari, noyabr oxirida uning o‘zi Livan bosh vaziri lavozimini tark etish fikridan qaytganini e’lon qildi.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют