» » OAV: Saudiya Arabistoni rasmiylari shahzoda Al-Valid al-Sauddan ozod etilishi uchun 6 mlrd dollar talab qilmoqda

OAV: Saudiya Arabistoni rasmiylari shahzoda Al-Valid al-Sauddan ozod etilishi uchun 6 mlrd dollar talab qilmoqda


Saudiya Arabistoni rasmiylari shahzoda Al-Valid ibn Talal al-Sauddan ozod etilishi uchun kamida 6 milliard dollar talab qilmoqda. Bu haqda vaziyat bilan tanish manbalarga tayanib, Wall Street Journal ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Al-Valid bunday to‘lovni aybini tan olish belgisi deb hisoblamoqda va muzokaralarda rasmiylarga ozodligi evaziga biznesining katta qismini taklif etmoqda. Shu bilan birga, u xoldingini boshqarishda davom etishni istamoqda.

62 yoshli shahzoda podshohlik oilasining o‘nlab boshqa a’zolari, mansabdorlar va tadbirkorlar bilan birga noyabr oyi boshida qo‘lga olingandi. Al-Valid mablag‘lardan noqonuniy foydalanish, poraxo‘rlik va ta’magirlikda ayblanmoqda.

Al-Valid Kingdom Holding orqali Twitter, Citigroup, Four Seasons Hotels & Resortsda ulushlarga ega. Xoldingning bozor qiymati 8,7 milliard dollar, shahzodaning mol-mulki 16,8 milliard dollar baholanadi. U hibsga olingandan so‘ng Kingdom Holding aksiyalari narxi 14 foizga pasaydi.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют