» » Termiz shahri markazida 33 metrli archa qad rostladi (foto)

Termiz shahri markazida 33 metrli archa qad rostladi (foto)


Surxondaryo viloyatida ham Yangi yil bayramini yuqori saviyada o‘tkazish uchun puxta hozirlik ko‘rilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Mahalla, ko‘cha va xiyobonlar, korxona, tashkilot va muassasalar bayramona bezatilib, rang-barang tungi chiroqlar o‘rnatildi. Shuningdek, bayramoldi yarmarkalari tashkil etilib, oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda aholiga taklif qilinmoqda.

Joylarda bayram tadbirlarining tinch-osoyishta va ko‘tarinki ruhda o‘tishi uchun yong‘in, yo‘l-transport va boshqa xavfsizlik choralari belgilab olingan.

“Termiz shahridagi Bolajon bog‘i yonida o‘rnatilgan va bayramona bezatilgan 33 metrli archa, ayniqsa, bolalar va yoshlarga o‘zgacha zavq ulashmoqda”, — deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют