» » Osiyo Chempionatiga 17 kun qolganida O‘zbekiston termasi “Nasaf” postiga yana 3 ta gol urdi

Osiyo Chempionatiga 17 kun qolganida O‘zbekiston termasi “Nasaf” postiga yana 3 ta gol urdi


23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston termasi Qarshidagi yig‘inni yakunladi.

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa mamlakat vitse-chempioni bo‘lgan hamda Chempionlar Ligasining pley-off o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Nasaf”ga qarshi ikki o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Birinchi bellashuv termaning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi.

Takroriy o‘yinda ham legionerlarsiz harakat qilgan Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvidagi “Nasaf” imkoniyatni boy berdi. Farqi, bu safar 2 ta gol urishga erishdi — 2:3. “Bunyodkor” a’zosi Doston Hamdamov bu safar ham qarshiliklar darvozasiga yo‘l topdi.

Xitoy mezbonligidagi Osiyo Chempionati 9-yanvar kuni start oladi. O‘zbekiston musobaqaning “A” guruhida Xitoy, Qatar va Ummon termalariga qarshi kurash olib boradi. Jamoa safarga 5-yanvar kuni jo‘nab ketadi.

O‘rtoqlik o‘yini

Qarshi shahri

23-dekabr, shanba

Gollar: Doston Hamdamov, 19 (0:1). Dilshod Shuhratov, 39 (1:1). Islom Qobilov, 57 (1:2). Jasur Yaxshiboyev, 60 (1:3). Islom Kenjaboyev, 74 (2:3).

Опубликовано: admin (25-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют