» » “Hamkorbank” ATB va YTTB o‘rtasida kichik biznes va savdoni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi

“Hamkorbank” ATB va YTTB o‘rtasida kichik biznes va savdoni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining amaliyotga tadbiq etilishi, ko‘plab xalqaro moliya institutlarining O‘zbekistonda biznes yuritishga bo‘lgan ishonchini ortishiga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya tarmog‘ini rivojlantirishda va qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro moliya institutlaridan biri Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidir.

2017-yil 21-dekabr Toshkent shahrida, Radisson Blu Hotel mehmonxonasida chet el kapitali ishtirokidagi aksiyadorlik tijorat banki — “Hamkorbank” hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) o‘rtasida kichik biznesni kreditlash va savdoni moliyalashtirish yo‘nalishlarida ikki tomonlama shartnomalarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Imzolash marosimida YTTB vakillari, “Hamkorbank” ATB kengash raisi, boshqaruv raisi va a’zolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

“Hamkorbank” ATB va YTTB o‘rtasidagi ushbu kelishuv o‘zaro hamkorlikni yanada yangi bosqichga ko‘tarish imkoniyati beradi. Imzolash marosimi doirasida 2 ta yirik shartnoma, ya’ni kichik biznesni moliyalashtirish maqsadlariga umumiy miqdori 20 million AQSh dollariga teng bo‘lgan hamda savdoni moliyalashtirish uchun 10 million AQSh dollari miqdoridagi kelishuvlar imzolandi. Savdoni moliyalashtirish dasturi bankka zamonaviy moliyalash instrumentlarini qo‘llagan holda mijozlarning tashqi savdo amaliyotlarini moliyalashtirish imkoniyatini beradi hamda bank tomonidan mijozlarga taqdim etilayotgan mahsulotlar jozibadorligini oshirishiga olib keladi.

“Hamkorbank” ATBning butun respublika bo‘yicha 33 ta filial va 158 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining mavjudligi mamlakatimizning barcha hududlarida, ayniqsa, qishloq hududlarida kichik va mikro biznes subyektlarini moliyalashtirishda bank katta imkoniyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Ushbu imzolangan kelishuvlar mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport – import bilan shug‘ullanuvchi biznes subyektlarining tashqi savdo aloqalarini yanada takomillashtirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

“Hamkorbank” ATB va YTTB o‘rtasida o‘zaro hamkorlik tarixi 2001-yildan boshlangan. Mikro va kichik korxonalarni moliyalashtirish yo‘nalishida jami 13 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 4 ta kredit kelishuvi, shuningdek, savdoni moliyalashtirish sohasida 3 ta kelishuv imzolangan. Mikro va kichik korxonalarni moliyalashtirish yo‘nalishida kredit liniyalarini o‘zlashtirish davomida YTTB tomonidan bankga doimiy texnik ko‘mak ko‘rsatish dasturlari ham amalga oshirilgan. Texnik ko‘mak doirasida mijozlarni kreditlash jarayonlari, kreditga layoqatligi tahlili modeli hamda kredit mutaxassislarini rag‘batlantirish tizimlari ishlab chiqilgan.

Reklama huquqi asosida!

Опубликовано: admin (25-12-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют