» » Peru prezidenti sobiq davlat rahbarini qamoqdan ozod etishga qaror qildi

Peru prezidenti sobiq davlat rahbarini qamoqdan ozod etishga qaror qildi


Peru prezidenti Pedro Pablo Kuchinski sobiq davlat rahbari Alberto Fuximorini sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyat tufayli avf etishga qaror qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan 24-dekabr kuni tarqatilgan xabarda ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.

“Rasmiy tibbiy konsilium janob Fuximori davolab bo‘lmaydigan kasallikdan aziyat chekayotganligi va qamoq sharoitlari uning hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirishini aniqladi. Respublika prezidenti konstitutsiya tomonidan berilgan huquqlariga muvofiq, janob Alberto Fuximori va o‘xshash vaziyatdagi yana yetti nafar mahbusni avf etishga qaror qildi”, — deya ta’kidlanadi hujjatda.

79 yoshli Fuximori yaqin soatlarda Barbadilyo qamoqxonasini tark etishi mumkin. Janubiy Amerika mamlakatining sobiq prezidenti oxirgi sakkiz yilni ana shu qamoqxonada o‘tkazdi.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют